150 martadan ortiq plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan ayol kosmetolog bo‘lishga qaror qildi

Jamiyat 16:05 / 20.04.2016 3368

Tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga 700 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflagan buyuk britaniyalik ayol kosmetik muolajalar o‘tkazish uchun o‘z uyida xonani jihozlab oldi. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.

Uch nafar farzandning onasi 55 yoshli Sara Berj umumiy hisobda 150 martadan ortiq plastik muolajalarni boshidan kechirgan. Endi esa o‘zi mustaqil muolajalar o‘tkazish uchun maxsus hunar kursida ta'lim oldi. Ukol yordamida botoks inʼeksiyalari qilish, burun, lab va ko‘z atrofi shaklini o‘zgartirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarga ko‘mak berish niyatida ushbu malakaga ega bo‘ldi.

Berj o‘zi vahshiylikka duch kelgach (unga hujum qilib, yuzini bejashgan), bunday muolajalarga mukkasidan ketganini tan oladi. Ko‘rinishini takomillashtirish harakatlaridan ham to‘xtamoqchi emas.

“Plastik jarrohlik menga o‘zim xohlagan yuz va tanani berdi. Endi men boshqalarga yordam berishni istayman”, - deydi britaniyalik ayol.

Londonda istiqomat qiluvchi bu ayol aynan qanday jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani to‘g‘risida aniq ma'lumot yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: