Yaponiyada falokat mintaqasida 14 apreldan beri 600ta zilzila qayd etilgan

Jahon 11:48 / 19.04.2016 1206

Uzluksiz yer silkinishlari kuzatilayotgan Kumamoto prefekturasi va Kyusyu orolining g‘arbida 14 apreldan beri 590dan ortiq sezilarli zilzilalar kuzatildi. Bu haqida mamlakatning seysmologik xizmat vazifasini bajaruvchi metereologik markazi xabar bergan.

17 aprel kuni kechki paytning o‘zidayoq Kumamoto prefekturasida 5,8 va undan ortiq magnitudali yangi kuchli zilzilalar ro‘y bergan.

Ko‘chki xavfi tufayli hukumat vakillari bir necha aholi punktlariga uylarini tark etishni maslahat berishdi. Mahalliy aholidan talofat ko‘rgan binolarga kirmaslik so‘ralmoqda, chunki yangi zilzilalar natijasida ularning vayron bo‘lish xavfi bor.

Yaponiyadagi Kyusyu orolining janubi-g‘arbiy qismidagi Kumamoto prefekturasida sodir bo‘lgan ketma-ket yer silkinishlari natijasida 44 nafar kishi halok bo‘ldi. 92 mingdan ortiq kishi o‘z uylarini tark etishga va evakuatsion punktlarda joylashishga majbur bo‘ldi.

U yerlarda iste'mol suvining yetishmovchiligi, oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar qayd etilmoqda.

Qutqaruv ishlarini amalga oshirish va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun Yaponiya Qurolli kuchlarining 20 mingga yaqin harbiysi jo‘natilgan.

Ko‘proq yangiliklar: