Stas Mixaylovning tobi qochib, konserti bekor qilindi

Jamiyat 11:18 / 19.04.2016 2072

Rossiyaliklarning sevimli va “eng qadrli” qo‘shiqchisi Stas Mixaylov 18 aprel kuni Stavropolda “Ya budu s toboy” nomi bilan o‘tishi kerak bo‘lgan konsert dasturini bekor qildi. Bunga to‘satdan qo‘shiqchining mazasi qochgani sabab bo‘ldi.

Endi Mixaylov konserti tashkilotchilari chiptalarning pulini muxlislarga qaytaradi.

Qo‘shiq shinavandalari konsert zaliga kiritilgan, biroq artist to‘satdan o‘zini yomon his qilgan. Unga tez yordam chaqirilgan va u kasalxonaga olib ketilgan.

Uning bugun – 19 aprel kuni rejalashtirilgan Yessentukidagi konsertining taqdiri hali ma'lum emas.

Ko‘proq yangiliklar: