Saudiya Arabistoni qirollikning milliy farovonlik suveren jamg‘armasiga eng tajribali xalqaro nomzodlarni ishga olishga intilmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Qirollik hukumatining aytishicha, jamg‘armaga o‘z ishini biladigan oliy darajali bankirlar zarur.
Mahalliy kompaniyalarning 100 mlrd dollarlik aksiyalarini o‘z ichiga oluvchi jamg‘arma rahbarlarni, jumladan xususiy aksionerlik mablag‘i rahbari, ko‘chmas mulk rahbari, xatarlarni boshqarish rahbari va bozorlar rahbarini qidirish uchun AQShning Korn Ferry International firmasi bilan hamkorlik qilmoqda.
Valiahd shahzodaning o‘rinbosari Muhammad ibn Salmon jamg‘armaning kelajagini qanday ko‘rishini ta'riflab berdi. Uning aytishicha, jamg‘arma yakunda 2 trln dollardan ko‘proq mablag‘ni nazorat qiladi va qirollikni neftdan voz kechishga o‘rgatadi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni qirollikning eng qimmatbaho aktivlarini saqlash uchun dunyodagi eng yirik milliy farovonlik suveren jamg‘armasini yaratayotgani ma'lum qilingandi.