Rossiyada dollar kursi 66 rublgacha pasaydi

Iqtisodiyot 15:04 / 19.04.2016 2109

19 aprel kuni Moskva birjasidagi savdolarda Rossiya rubli birmuncha ko‘tarildi. Moskva vaqti bilan soat 10:10da, 1 AQSh dollari uchun 65,7 rubl narx belgilangan. 1 yevro 74,4 rublga teng bo‘ldi.

Rubl kursi mustahkamlanishiga Brent rusumli neft narxi o‘sishi sabab bo‘ldi.

Brent markali neftning bir barreli, Londonning ICE Futures birjasi iyun oyi fyuchers savdolarida 1,9 foizga ko‘tarilib, 43,77 dollarni tashkil etgan.

Kuvayt neft sanoati ishchilari ish tashlashni boshlagani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, neft narxi ko‘tarila boshladi. Ushbu ish tashlash, neft bozoriga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Neft qazib oluvchi mamlakatlar energetika vazirlarining Dohadagi uchrashuvi samarasiz yakunlangach, neft bahosi tushib keta boshlagandi.

Kuvaytdagi ish tashlashlarda ichki neft sanotining 40 foizi qatnashdi. Shu munosabat bilan, neft qazib olish ko‘rsatkichi 60 foizga qisqarib, kuniga 1,7 million barrelni tashkil etdi.

Mart oyi holatiga ko‘ra, jahon bozorida neftga bo‘lgan talab taklifga nisbatan 1,6 million barrelga o‘sishni qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: