Quyoshda chaqnash yuz berdi

Jahon 16:41 / 19.04.2016 1775

18 aprel tunida Quyoshda chaqnash qayd etildi, mutaxassislar ushbu chaqnashni M 6.7 sinfiga mansub deb belgilashdi. Bu sinf chaqnoqlari o‘rtacha quvvatga ega – ular X-sinf chaqnoqlaridan taxminan 10 barobar sust.

NASA mutaxassislarining ma'lumotiga ko‘ra, Quyoshning Active Region 2529 zonasida bir yarim haftadan buyon dog‘ kuzatilgandi. Dog‘ning hajmi kattalashib bordi va Quyosh yuzasi bo‘ylab tarqalgan. Dog‘ zonasida sekin-asta ortib borgan faollik chaqnoq hosil bo‘lishiga– radioaktiv nurlanishga olib keldi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, chaqnoq tufayli Yerning ayrim hududlarida radiosignal uzatish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Shunga qaramay, quyosh radiatsiyasi odamlarga ta'sir o‘tkazmaydi, chunki sayyora atmosferasidan o‘ta olmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: