May oyida qozog‘istonliklar umumiy hisobda 12 kun dam oladilar. 9 ta odatiy dam olish kunlaridan tashqari (shanba va yakshanba), Qozog‘iston fuqarolari 3 ta bayram kunida dam olishadi.
Bayram kunlari Qozog‘iston birdamligi kuni, Vatan himoyachilari kuni va G‘alaba kunini o‘z ichiga oladi.
1 may Qozog‘iston xalqi birdamligi kuni sifatida nishonlanadi, ushbu bayram joriy yilda yakshanbaga to‘g‘ri keladi, shuning uchun bayram kuni munosabati bilan dam olish kuni 2 may, dushanbaga ko‘chiriladi.
7 may Qozog‘istonda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi, bu kun shanbaga to‘g‘ri keladi, shuning uchun keyingi ish kuni (10 may, seshanba) dam olish kuni bo‘ladi.
9 may esa G‘alaba kuni bo‘lib, u dushanbaga to‘g‘ri keladi, buning evaziga qozog‘istonliklar ketma-ket 4 kun – 7 maydan 10 maygacha (u ham kiradi) dam olishadi.