AQShning Texas shtatida joylashgan va uncha katta bo‘lmagan Midleton shahrida notanish bir erkak Kriksayd binosida joylashgan Xrist cherkovida fitnes-murabbiyining joniga qasd qildi. Bu haqda WFAA telekanali xabar bergan.
Qotil SWAT guruhining maxsus kiyimini kiyib olgan bo‘lib, shahar politsiyasining ma'lum qilishicha, jinoyatchi politsiya xodimiga o‘xshab ko‘rinmoqchi bo‘lgan.
45 yoshli ayol ertalab cherkovga keladi, ammo mashinasini joylayotgan paytda o‘ldiriladi. Kameralarning yozib olgan videoyozuvida guvoh bo‘lish mumkinki, qotil ayolni o‘ldirish uchun unga yaqinroq kelgan.
Jinoyat sabablariga aniqlik kiritilmagan, chunki cherkovdan hech narsa yo‘qolmagan. Politsiya departamentida ta'kidlashicha, bu so‘nggi o‘n yil ichida shaharda yuz bergan qotillikdir.