19 aprel kunining birinchi qismida Afg‘oniston poytaxti Kobul markazida, AQSh elchixonasi joylashgan hududda ro‘y bergan avtomobilgan o‘rnatilgan portlovchi qurilma orqali amalga oshirilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash ishlari vazirligi vakili Muhammad Ismoil Kavusiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.
Shuningdek 327 kishi shu terakt tufayli jarohatlangan.
Portlash shahar markazidagi Pul-e-Maxmud Xan tumanida sodir etildi. Hududdagi AQSh elchixonasi yonida NATOning Afg‘onistondagi missiyasi bosh qarorgohi joylashgan.
Hujum uchun javobgarlikni tolibonlar o‘z zimmasiga olgan.