Kobul markazidagi portlash tufayli kamida 6 kishi halok bo‘lib, 100dan ortiq kishi jarohatlangan

Jahon 12:13 / 19.04.2016 1443

Afg‘oniston poytaxti Kobul markazida, AQSh elchixonasi joylashgan hududda ro‘y bergan avtomobilgan o‘rnatilgan portlovchi qurilma orqali amalga oshirilgan terakt oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 100dan ortiq kishi portlash oqibatida yaralangan.

Portlash Afg‘oniston poytaxtida 19 aprel kuni yuz berdi. Shahar markazidagi AQSh elchixonasi yaqinida sirena tovushlari eshitilgan, osmonda quyuq tutun paydo bo‘lgan. Elchixona yonida NATOning Afg‘onistondagi missiyasi bosh qarorgohi joylashgan. Xabarlarga ko‘ra, portlash ushbu binolarga ta'sir qilmagan.

Portlash sodir bo‘lganidan keyin hududda otishma ovozi eshitilgan.

Portlash Pul-e-Maxmud Xan tumanida sodir etilgan. Bu hududda Afg‘oniston milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi binosi, shuningdek, mamlakat moliya va mudofaa vazirliklari binolari joylashgan.

Turli manbalarda jabrlanganlar miqdori turlicha keltirilmoqda. Sinxua agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 40 kishi jabrlangani aytilgan, mahalliy TOLO News telekanali esa 161 nafar yarador haqida ma'lum qilgan.

Voqea yuz bergan hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: