Janubiy Koreyaning Hyundai Motor kompaniyasi 2016 yilda Sankt-Peterburgdagi zavodida ikkita yangi avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda korporatsiyaning Seuldagi shtab-kvartirasida ma'lum qilindi.
Kompaniya matbuot xizmati vakili Yen Sonning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi kvartaldan yangi Hyundai Creta ixcham yo‘ltanlamas avtomobili, 2016 yil oxirida esa Solaris sedani yangi avlodi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
“Mashinalarga bo‘lgan talabning susaygani bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramasdan, korxona ish faoliyati barqaror davom etishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha choralarni ko‘ramiz”, deydi vazir.