IBF/WBA tasniflari bo‘yicha o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Gennadiy Golovkin o‘zining potensial raqibi Saul «Kanelo» Alvaresni ringga chaqirgan. Bu haqda Sports.kz xabar bermoqda.
— Sen Amir Xon bilan jang qilasan, balkim keyinroq, Menni Pakyao bilan ham... hoy, «Kanelo» meni eshit, menda ikkita chempionlik kamari bor. Shuning uchun men bilan jang qil. Albatta, bu jang ikkimiz uchun ham oson bo‘lmaydi. Shundan so‘ng, sen Menni yoki Floyd (Meyvezer) bilan ringga chiqarsan.
Ammo, men uchun kim kuchli ekanini bilish juda muhim. Bu borada birinchi raqamli kim? Meni qiziqtirgan asosiy narsa shu, pul ikkinchi masala. To‘g‘ri, mag‘lubiyat sening shoningga putur yetkazadi. Balki, qarorning 20 foizi «Kanelo» uchun bo‘lsa, 80 foizi Golden Boy uchundir. Bu biznes bo‘lsada, boksga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Aksariyatning fikricha, «Kanelo» — buyuk chempion, Meksika timsoli. Nimada? Boksdami? Yo‘q unday emas. Balkim biznes sohasida deyish to‘g‘riroq bo‘lar", -deya Golovkin so‘zlarini keltiradi Los Angeles Times nashri.
Eslatib o‘tamiz, Golovkin - Ueyd jangi, 23 aprel (Qozog‘iston vaqti bo‘yicha 24 aprel ertalab) kuni Los Anjyelesdagi "Forum" arenasida bo‘lib bo‘lib o‘tadi. Qozog‘istonlik bokschi WBA tasnifidagi maqomini 16 marta, IBO bo‘yicha 13 marotaba, WBC (Interim-oraliq) tasnifida to‘rtinchi, IBF tasnifida ilk marotaba chempionligini himoya qiladi.