Fransesk Fabregas: «Mourinoning eng katta xatosi u bizga haddan tashqari ko‘p ishonib yuborgan edi»

Sport 09:02 / 19.04.2016 1005

«Chelsi» jamoasi yarimhimoyachisi Fransesk Fabregas joriy mavsum davomida Joze Mourinoning jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Bu borada o‘tgan vaqt davomida ko‘p gaplar aytildi. Men Jozeni yaxshi ko‘raman uni do‘stim deb hisoblayman, hozirgacha aloqalarni davom ettirmoqdamiz.

Bu borada turli yoqimsiz gaplar eshitganman, lekin bu bizning do‘stona aloqalarimizga ta'sir ko‘rsatmaydi.

Jozening eng katta muammosi shunda bo‘ldiki, u bizga haddan ziyod ishonib yuborgan edi. Chempion bo‘lganimizdan so‘ng ta'til muddatimizni uzaytirdi. U bizga ishongan edi, biz esa unga pand berdik. Butun jamoa pand berdi.

Uning jamoadan ketishida biz eng asosiy aybdorlarmiz. Buni o‘ylaganimda o‘zimni juda yomon sezaman», - deydi Fabregas.

Ko‘proq yangiliklar: