Yevropa Ittifoqi qit'aga kirib kelayotgan qochqinlarning turli ehtiyojlari uchun 10 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.
Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker PASe (YeI parlament assambleyasi) yig‘ilishida shunday ma'lumotlarni oshkor qilgan.
Ushbu mablag‘lar muhojirlarni joylashtirish va ularga yordam ko‘rsatish ishlariga sarflangan.
«Bugun ertalab, Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyatlari, Xalqaro muhojirlik tashkiloti va boshqa shu kabi tuzilmalar ehtiyojlariga yana mablag‘lar o‘tkazildi. Loyihalar esa, suriyalik qochqinlarning eng jiddiy ehtiyojlarini qamrab oladi, xususan, ularni qabul qilib, joylashtirish imkonini beruvchi infrastruktura loyihalari ham shular jumlasiga kiradi», — degan Jan-Klod Yunker.
YeS Frontex chegaraoldi agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yili YeIga 1,8 mln muhojir kirib kelgan.