Disney Rossiyada bahodirlar haqida ertak suratga oladi

Jamiyat 12:37 / 19.04.2016 2041

The Walt Disney Company Rossiyaning Yellow, Black & White studiyasi bilan "So‘nggi bahodir" ertak filminini ishlash ustida hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Filmda ekstraseanslar teleshousining g‘olibi Ivan rus ertaklari olamiga kirib qoladi. U yerda Ivanni Ilya Murometsning avlodi deb o‘ylashadi.

Film rejissyori Dmitriy Dyachenko, bosh rolni Viktor Xorinyak ijro etadi.

Film byudjyetiga aniqlik kiritilmagan. Suratga olish ishlari 2016 yilning may oyida boshlanadi, premera esa 2017 yilning 19 oktabriga mo‘ljallangan.

Bundan avvalroq, 2009 yilda Disney Rossiyada film suratga olgan, bu "Ustalar kitobi" kartinasi bo‘lib, 8 million byudjyetli bu film Rossiya prokatida 10,8 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: