Pentagon rahbari e'lon qilinmagan tashrif bilan Bag‘dodga keldi

Jahon 12:45 / 18.04.2016 1642

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter oldindan e'lon qilmagan holda Iroq poytaxti Bag‘dod shahriga tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, Karter Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodi hamda Iroq TIV rahbari Xolid al-Obeydi bilan uchrashishni maqsad qilgan.

Tomonlar Iroqning AQSh tomonidan harbiy yordam bilan qo‘shimcha tarzda qo‘llab-quvvatlanishi masalasini muhokama etishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, AQSh IShIDga qarshi harbiy kampaniyasini kengaytirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: