Kubada 14-Xalqaro gitara tanlovi boshlandi

Jahon 12:25 / 18.04.2016 1745

Rossiyalik gitarachi Yelena Fomenko 17 aprelda Kuba poytaxtida ochilishi bo‘lib o‘tgan 14-Xalqaro gitara tanlovida ishtirok etmoqda. Havanada Rossiya, Kosta-Rika, Meksika, Ispaniya, Ruminiya va Kubadan 19 nafar ishtirokchi to‘plandi, ular nufuzli musiqiy tanlovda bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Rossiyalik gitarachining so‘zlariga ko‘ra, bu sovrin katta konsertga yo‘llanma olish imkoniyatidir.

Musiqa bayrami mashhur kubalik gitarachilar Marko Tamayo va Hoakin Klerchning chiqishi bilan boshlandi. Taniqli mehmonlar orasida ispaniyalik Anabel Montesinos, David Martines, Haume Torrent, Eduardo Inestal, braziliyalik gitarachi Fabio Zanon, amerikalik pianinochi Antoni Spayri kabilar bor.

Kubadan esa Klerch va Tamayodan tashqari yana gitarachi Eduardo Martin, Amadeo Roldan nomidagi cholg‘u kvarteti, mashhur Kuba sopranosi Barbara Lyanes qatnashmoqda.

Tanlovning majburiy dasturida Kuba va Lotin Amerikasi mualliflarining pesalari, finalchilar uchun esa Hoakin Rodrigoning "Aranxues konserti" ijrosi ko‘zda tutilgan.

Musiqachilarning ikki yilda bir o‘tkaziladigan bu galgi uchrashuvi kubalik gitarachi Isaak Nikolaning 100 yoshligi (1901-1999) hamda festival raisi maestro Jyesus Orteganing 80 yilligiga bag‘ishlanadi. 24 aprel kuni yakunlanadigan festivalning tanlov qismida uchta mukofotni topshirish ko‘zda tutilgan: birinchi o‘rin - 5 ming dollar, ikkinchi o‘rin- 3 ming dollar va uchinchi o‘rin - 2 ming dollar.

Bundan tashqari, eng yaxshi kubalik ijrochi mukofot sifatida konsert gitarasini va xorijda o‘qish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: