Jorj Kluni: AQSh siyosatida pul katta rol o‘ynaydi

Jamiyat 12:44 / 18.04.2016 1902

AQSh prezidentligi saylovlarida, umuman, AQSh siyosatida pullar katta rol o‘ynaydi. Bu haqda amerikalik aktyor Jorj Kluni NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, aktyorning o‘zi AQSh prezidentligiga demokratlardan nomzod hisoblanmish Hillari Klinton nomzodini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Uning ta'kidlashicha, so‘nggi kunlarda Kaliforniya shtatida tashkillashtirilgan ikkita kechki ovqatga tashrif buyurgan. Tashrif narxi 33,4 ming AQSh dollaridan 353 ming AQSh dollarigacha baholangan. Aktyorning aytishicha, tushgan pullar Klintonning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlash hamda demokratlarning AQSh Kongressidan o‘rin egallash masalalariga sarflanadi.

Jurlanlistning unga AQSh siyosatida pullar katta rol o‘ynashi haqida bergan savoliga Kluni: “Ha, shunday deb o‘ylayman”, deb javob qaytargan.

Ko‘proq yangiliklar: