Ekvadordagi kuchli zilziladan keyin yuzlab mahbuslar turmadan qochib ketdi. Bu Portovexo shahridagi axloq-tuzatish muassasasining infratuzilmasi zilzila oqibatida vayron bo‘lgandan keyin mumkin bo‘ldi, deb ma'lum qildi Ekvador adliya vaziri Ledi Suniga o‘zining tvitterida.
Suniganing aytishicha, El Rodeo turmasidan qochgan 30 nafar mahbus ushlandi. Ularning ba'zilari esa o‘zi qaytgan.
Suniganing ta'kidlashicha, Ekvador turmalarida zilzila oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanlar bo‘lmagan.
Ekvadorda 17 aprelga o‘tar kechasi yuz bergan 7,8 magnitudali kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 246 nafarga yetdi, minglab odamlar jarohat oldi.