Dohadagi uchrashuvdan keyin neft narxi 6,5 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 09:42 / 18.04.2016 1244

London birjasidagi savdolar ochilishi vaqtida Brent si narxi 6,5 foizga tushib ketib, bir barrel uchun 40,42 dollarni tashkil qildi.

Avvalroq Dohada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda neft qazib oluvchi davlatlar neft hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadilar. Qatardagi uchrashuvda Erondan tashqari, OPeKka kiruvchi barcha davlatlar hamda Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ummon va Bahrayn ishtirok etdi. Uchrashuv hech qanday natija bermadi.

Keyinroq Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak uchrashuv natijalariga izoh berib, OPeKka kiruvchi bir qator davlatlar muzokaralar arafasida o‘z fikrlarini o‘zgartirganlarini aytdi.

Novakning aytishicha, OPeKning bir qator davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini o‘zgartirib, uchrashuvda kengroq doiradagi ishtirokchilar qatnashishi kerakligini talab qila boshlagan. Novakning ta'kidlashicha, Fors ko‘rfazi davlatlari bir qator qo‘shimcha talablar qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: