Dohadagi uchrashuvdan keyin dollar kursi 68 rublga ko‘tarilib ketdi

Iqtisodiyot 09:48 / 18.04.2016 1455

AQSh dollarining Rossiya rubliga nisbatan kursi FOREX banklararo bozorida 68 rublga ko‘tarildi. Moskva birjasidagi savdolar hozircha ochilmagan va Moskva vaqti bilan soat 10:00 da boshlanadi. Aynan shu birjadagi savdolar natijalariga ko‘ra Rossiya Markaziy banki tomonidan belgilanadigan.valyutalar rasmiy kursi aniqlanadi.

Avvalroq London birjasi savdolar ochilishida Brent nefti narxi 6,5 foizga tushib, bir barreli uchun 40,42 dollarni tashkil qildi. Bunga Dohadagi neft qazib oluvchi davlatlar vakillarining uchrashuvi besamar yakunlangani sabab bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: