Yaponiyaning minglab aholisi mamlakat janubi-sharqidagi Kyusyu orolida yuz bergan 2ta kuchli zilziladan keyin tunni sovuqda va yomg‘ir ostida o‘tkazishgan.
Yaponiyada 14-16 aprel kunlari davomida 388 marta yer qimirladi. Ular orasida eng kuchlisi 7,3 va 7,1 magnitudali zilzilalar bo‘ldi.
Kumamoto va Oita prefekturalarida 240 mingdan ko‘proq kishi maxsus markazlar, maktablar va munitsipal binolarda joylashtirilgan. Kumamotoda deyarli 80 mingta turar joy binosi elektr ta'minotisiz qolmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu kunlar ichida tabiiy ofat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi, 2 mingdan ko‘proq kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonalarga joylashtirilgan. Ularning 200dan ortig‘i og‘ir ahvolda qolmoqda.
Shuningdek, xarobalar ostida qolayotgani aytilgan.
Hududda yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli barcha jabrlanuvchilarni evakuatsiya qilishning imkoni bo‘lmagan. O‘nlab kishilar yo‘llardagi avtomobillarda tunashiga to‘g‘ri kelgan.
Hududga talofatlarga qarshi kurash maqsadida qo‘shimcha yordamchi kuchlar yuborilmoqda. Guruhlar xarobalar ostidan odamlarni chiqarib olish va qon berish bilan mashg‘ul bo‘lishadi.
Qayd etish kerakki, Yaponiya zilzilalar eng ko‘p ro‘y beruvchi mamlakat hisoblanadi. 2011 yilning 11 martida Yaponiyaning shimoli-sharqiy qirg‘og‘ida 9 balli zilzila ro‘y bergan, undan keyin sunami kelib chiqqandi.
O‘shanda bu tabiat hodisasi oqibatida 15 mingga yaqin kishi halok bo‘lgandi, 2,5 mingdan ortiq kishi bedarak ketgandi.