Yamanning Adan shahridagi aeroportda avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi orqali portlash sodir etildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, portlash yo‘lovchilar terminali yaqinida amalga oshirilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida hukumat armiyasining 4 askari halok bo‘lgan.