«Lester» bir qancha muxlislarini chayqovchilik uchun jazoladi

Sport 11:39 / 17.04.2016 1103

«Lester» jamoasi rahbariyati mavsumning oxirgi o‘yini uchun chiptalar narxi keskin ko‘tarilib ketishiga sababchi bo‘lgan muxlislarni keyingi yillarda jamoa o‘yinlariga tushishdan mahrum qildi. Bu muxlislar 7 may kuni «Everton»ga qarshi kechadigan, jamoaning mavsumdagi oxirgi uy uchrashuvi uchun chiptalarni chayqovchilik yo‘li bilan sotgani aniqlangan. Bu haqda «tulkilar» jamoasi saytida xabar qilingan.

ESPN sayti xabariga ko‘ra, «Everton»ga qarshi o‘yin uchun 2ta chipta 15 ming funtdan taklif qilingan.

Aslida esa bu chiptalar kassadan 30-50 funtga sotilgan. Bolalar uchun esa 5-15 funt narx belgilangan. Biroq jamoaning so‘nggi uchta o‘yiniga chiptalar sotib bo‘lingani tufayli narxlar chayqovchilar tomonidan keskin ko‘tarib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Lester» muddatidan oldin Angliya chempioni bo‘lishi uchun so‘nggi 5 turdan 3tasida g‘alaba qozonsa kifoya qiladi. Bugun jamoa «Vest Hem»ga qarshi maydonga tushadi.

«Lester»ning mavsumdagi oxirgi uy uchrashuvi uchun chiptalar narxi keskin qimmatlashib ketdi

Ko‘proq yangiliklar: