Kuvaytdagi neft sanoati sohasida ishlovchi xodimlarning ish tashlash o‘tkazishi tufayli qazib olinayotgan kunlik neft mahsuloti miqdori 60 foizga kamaygan. Bu haqda Bloomberg xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, namoyishlarda 7 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan, ular kunlik neft qazib olish hajmini 1,1 mln barrelga tushirish bo‘yicha bitimga qarshi chiqishmoqda.
Xabar qilinishicha, neftchilarning noroziliklariga hukumatning ish haqlarini qisqartirish hamda ijtimoiy paketlarni kamaytirish rejasi sabab bo‘ldi.