Fyuri Klichko unga ataylab yutqazib berganini taxmin qilmoqda

Sport 21:53 / 17.04.2016 1556

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ukrainalik bokschi Vladimir Klichko unga birinchi jangda ataylab yutqazib bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Klichko 2015 yilning 28 noyabrida Dyusseldorfdagi jangda Fyuridan mag‘lubiyatga uchrab, o‘zining IBF, IBO, WBO va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempioni unvonlarini himoya qila olmadi. Britaniyalik bokschi 12 raund natijasiga ko‘ra hakamlar qarori bilan g‘olib deb topildi. Aprel oyida bokschilar o‘rtasidagi revansh jangi 2016 yil 9 iyulda Manchesterda bo‘lib o‘tishi ma'lum bo‘ldi.

"Fikrimcha, Klichko Germaniyada menga ataylab yutqazib bergan bo‘lishi mumkin. U shartnoma bo‘yicha revansh jangga huquqi borligini bilgan. Agar men faloiyatimni tugatsam yoki 2-jangni o‘tkazmasam, u barcha unvonlarni qaytarib olishi mumkin edi. Agar u revansh jangda meni yutsa, unvonlarni qaytib olib, 3 karra jahon chempioni bo‘lishi mumkin. Bunday natija bilan faqatgina Muhammad Ali kabi bokschilargina maqtana olishi mumkin. Televizionchilar ham bundan xursand", deb aytdi Fyuri.

"Agar u menga yutishga ijozat bergan bo‘lsa, yoki men o‘zim yutgan bo‘lsam, bu muhim emas, men quyosh ostida o‘z o‘rnimga ega bo‘ldim. Endi men farzandlarim uchun yaxshi kelajakni ta'minlash uchun millionlar ishlab topishim kerak", deb aytdi bokschi.

Ayni vaqtda Klichko hisobida 64 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat, Fyurida esa 25 ta jangdan 25 ta g‘alaba bor.

Ko‘proq yangiliklar: