BMT: Afg‘onistonda yil boshidan buyon 161 bola halok bo‘ldi

Jahon 17:22 / 17.04.2016 1819

BMT missiyasi Daniyel Bell tomonidan e'lon qilingan hisobotda aytilishicha, 2016 yil boshidan beri olib borilgan harbiy harakatlar natijasida 161 bola halok bo‘lgan va 449 bola jarohat olgan.

"Agar mamlakatdagi maktablar, bolalar bog‘chalari, turar joylar hamda shifoxonalar yaqinida harbiy harakatlar davom ettirilsa va portlovchi qurilmalar ishlatilsa qurbonlar soni ortaveradi", deyiladi hisobotda.

Hisobotga ko‘ra, "Tolibon" jangarilari qurbon bo‘lgan har 10 boladan 6 nafari o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Shuningdek, 2016 yilning dastlabki 3 oyida 600 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan hamda 1343 kishi jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: