Efiopiyaning janubi-g‘arbidagi Gambela shahrida (Janubiy Sudan chegarasidan 50 km uzoqlikda joylashgan) qurolli hujum oqibatida 140 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu huqda 17 aprelda AFP axborot agentligi xabar berdi.
"Murle (Sudanning 230 mingga yaqin aholisi bo‘lgan, asosan Janubiy Sudan va Efiopiya bilan chegaradosh bo‘lgan hududlarda yashaydigan elat) Gambela shahrida qurolli bosqinchilik sodir etdi, buning oqibatida 140 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bundan tashqari, ko‘pchilik o‘g‘irlab ketilgan", deb ma'lum qildi Efiopiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tevolde Mulutega. "Bizning qurolli kuchlar vakillari bosqinchilarni taqib qilishi natijasida ularning ko‘pchiligi o‘ldirildi", deb aytdi diplomat.
Diplomatning aytishicha, "chorvachilik kuchli rivojlangan Efiopiyaning Janubiy Sudan bilan chegaradosh hududlariga bunday bosqinchiliklar ko‘plab sodir etiladi". "Bu hujumgacha murle elati tomonidan bunday hujumlar bo‘lgandi. Ular chorvani o‘g‘irlash maqsadida hujum qiladi. Biroq, shubhasiz, bunday katta ko‘lamdagi hujum hali bo‘lmagandi", deb aytdi Mulutega.