So‘nggi ikki kun davomida Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismini larzaga keltirayotgan zilzila qurbonlarining umumiy soni 31 kishiga yetdi. Bu haqida 16 aprel kuni Kumamoto prefekturasiga saoslanib TASS nashri xabar berdi.
Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2 mingdan ortiq kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 170 nafari og‘ir ahvolda.
O‘tgan tunda Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida ketma-ket zilzilalar ro‘y berdi, ularning magnitudasi 7,3 ballni tashkil qildi. Bu tabiiy ofat ko‘plab vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Kyusyu janubi-g‘arbiy oroli mana ikkinchi kundirki, kuchli yer silkinishlaridan azob chekmoqda. Yaponiya meteorologik markazining ma'lumotlariga ko‘ra, aftershok holatlari yana bir necha kun davom etishi mumkin.
Kyusyu orolida qutqaruvchilar ishlashmoqda. Meteorologlarning prognoz qilishlaricha, shanba kuni kechqurun Yaponiyaning janubi-g‘arbiga sel keladi, bu qutqaruv operatsiyasini yanada qiyinlashtiradi.