Toshkent shahar nogiron gemofiliya bemorlari jamiyati tashkil qilinganligining 15 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 17:50 / 16.04.2016 4129

16 aprel Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti Gemofiliya va qon tizimi Depressiyasi Markazida 17 aprel “Xalqaro Gemofiliya bemorlari kuni” hamda Toshkent shahar nogiron gemofiliya bemorlari Jamiyati tashkil qilinganligining 15 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti xamda Toshkent shaxar nogiron gemofiliya bemorlari Jamiyati tashabbusi bilan tashkil qilindi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan grant loyihasiga asosan 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron gemofiliya bemorlari o‘rtasida kompyuter savodxonligi, shaxmat, shashka, rasm chizish bo‘yicha musaboqa o‘tkazildi va g‘oliblar taqdirlandi. Shuningdek, ko‘ngilli qon topshiruvchilar ko‘magi bilan beg‘araz donorlar aksiyasi amalga oshirildi.

Bemorlar uchun dasturxon yozilib o‘zbek milliy taomi osh tarqatildi. Kasalxonada davolanayotgan barcha bemor bolajonlarga sovg‘alar taqdim etildi.

Ko‘proq yangiliklar: