Rim papasi Lesbosdan 10 nafar suriyalik qochqinni olib ketadi

Jahon 16:45 / 16.04.2016 956

Rim papasi Frantsisk Gretsiyaning Lesbos oroliga borib, Suriyadan kelgan 10 nafar qochqinni olib ketadi. Bu haqida Gretsiya vazirlar mahkamasining manbasiga tayanib, RIA "Novosti" xabar beradi.

U eng zaif guruhlardagi qochqinlarni olib ketishi taxmin qilinmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu ramziy qadam.

Avvalgi xabarlarga ko‘ra, Yevropa ittifoqi va Turkiya muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha kelishib olgan bir paytda, pontifik Lesbos oroliga qochoqlar bilan tanishish uchun kelgandi.

Ko‘proq yangiliklar: