Poroshenko Ukrainada rublni ayirboshlashni taqiqlashga chaqirildi

Jahon 21:30 / 16.04.2016 970

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saytida Ukraina Rossiya rublini ayirboshlashni taqiqlashga chorlovchi arznoma chop etildi.

"Chakana ayirboshlashda rubl o‘rniga dunyodagi asosiy va eng ishonchli valyutalardan biri sifatida britan funt sterlingi kursini ko‘rsatishni taklif qilaman", deb aytmoqda arznoma muallifi.

Taqiqlovni buzganlik uchun ma'muriy jarimalar undirish tizimini o‘rnatish taklif qilingan.

Avvalroq Ukrainaning Chernovtsi shahrida "Rossiya" so‘zi bo‘lgan barcha viveskalar taqiqlangani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: