Belgiya poytaxtida uyushtirilgan terrorchilik amaliyotlarida gumon qilinayotgan Usoma Krayyem, Shvetsiyaga ko‘chishiga doir hujjatli film qahramoni bo‘lgan. Bu haqda, The Telegraph gazetasi yozmoqda.
Maqolada yozilishicha, Krayyem va oilasi, sportning shahar hayotiga moslashib ketishda muhojirlarga yordam berishi to‘g‘risidagi videolavhaning bosh qahramoni bo‘lgan. Film suratga olingan 2015 yili Krayyem oilasi bilan Shvetsiyaning Malmyo shahrida yashagan.