“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Toshkent masjidlaridan birida “zamonaviy” ehson qutisi paydo bo‘lgani haqida yozdi. Qutining zamonaviy deganimizning boisi unda, “Onlayn plastik kartochkada ehson qiluvchilar uchun masjidda terminal mavjud”, degan so‘zlarni o‘qish mumkin.
Foydalanuvchi tomonidan ushbu ehson qutisi Toshkentning aynan qaysi masjidida o‘rnatilgani haqida aniq ma'lumot qoldirilmagan.