Yamanda yuzaga kelgan qarama-qarshilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 6,4 ming kishiga yetdi, jabrlanganlar soni esa 30,5 ming kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda BMT tashkiloti vakili Kyung-va Kang ma'lum qilgan.
"6400 nafardan ziyod kishi halok bo‘ldi va 30 500 nafar kishi jarohat oldi. O‘z yashash manzilini o‘zgartirgan odamlar soni keskin oshib ketdi. 2,8 mln.ga yaqin kishi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi", — dedi u. Kyung-va Kangning so‘zlariga ko‘ra, 14,1 mln.ga yaqin kishi tibbiy yordamga muhtoj. Ammo mamlakatdagi shifoxonalarning aksariyati yoki vayron etilgan yoki o‘z ishini to‘xtatgan.
Bosh kotib yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, gumanitar tashkilotlar yamanliklarga yordam berishga ojizlik qilmoqda. 2016 yilda BMT tomonidan tasdiqlagan 1,8 mlrd dollar miqdoridagi yordam pulidan 296 mln dollari mamlakatga ajratilgan.