Xosep Gvardiola: «Simeone - dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri»

Sport 19:16 / 15.04.2016 1584

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChL yarimfinali uchun tashlangan qur'adan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi. Myunxenliklar jamoasi yarimfinalda Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

«Men Ispaniya futbolini kuzatishda davom etmoqdaman va «Atletiko» jamoasining nimalarga qodirligini bilaman. Simeone bu jamoada ishlayotganiga 5 yil bo‘ldi va u dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biriga aylandi. U o‘z xarakterini jamoasiga singdirgan.

«Barselona» — Yevropada keyingi 10 yillikning eng kuchli jamoasi bo‘ldi. «Atletiko» esa bu jamoani chorak finaldagi 2 uchrashuv natijasiga ko‘ra, turnirdan chiqarib yubordi. Bu shuni ko‘rsatadiki, bizga juda qiyin raqib ro‘baru bo‘ldi. Ular o‘zlarining eng yaxshi formalarida bo‘lmaganlarida ham hamisha g‘alabaga katta umid va ishonch bilan o‘ynashadi», – deydi Gvardiola.

«Atletiko» va «Bavariya» o‘rtasidagi ilk uchrashuv Madridda, 27 aprel kuni o‘tkaziladi. Myunxendagi javob o‘yini 3 mayga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: