Serbiya politsiyasi korrupsiyada va mansab vakolatini suiiste'mol qilishda ayblab, 49 kishini hibsga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qo‘lga olinganlar orasida amaldorlar va hukumat tashkilotlari vakillari, jumladan, moliya vazirligi, soliq tashkiloti, pochta xizmati va politsiya xodimlari bor. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Neboysha Stefanovich ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, yana ikki nafar shubha ostidagi shaxs ozodlikda qolmoqda. 2007 yildan boshlab, mamlakatda korrupsiya miqdori 7,6 mln. yevroga yetgan.
Ma'lumot uchun: bu joriy yildagi ikkinchi katta hibsga olish tadbiridir. Martda shu ayblov bilan 46 kishi hibsga olingan edi.