Buyuk Britaniyada qora mushukni o‘ttiz marta o‘qqa tutishdi, ammo u mo‘'jiza tufayligina tirik qoldi, deb xabar bermoqda Sky News.
Uch yoshli Kis-Kis Ardlidagi uyidan aprel oyidan yo‘qolib qolgan edi. “Biz o‘q ovozlarini eshitdik, ammo bu Kis-Kis bilan aloqasi borligini bilmagan edik”, — dedi mushukning egasi Dug Tou.
Jonivorni mashina ostidan topishdi: u qo‘rqib ketgan va yarador edi. Touning so‘zlariga ko‘ra, Kis-Kis qochib ketgan va uni bir hafta mobaynida uchratishmagan. So‘ng u yana paydo bo‘lgan, uning egalari mushukni ushlab, veterinarga ko‘rsatishgan.
Rentgendagi suratlar mushukni 30 marta otishganini ko‘rsatdi. Veterinarning aytishicha, sochma o‘qlardan ikkitasi umurtqa yonidan o‘tib ketgan. Mushuk mo‘'jiza tufayligina tirik qolgan.