Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2015 yilda 36,7 mln rubl daromad qilgan. Bu haqda daromadlar haqidagi deklaratsiyada aytilgan.
Deklaratsiyada qayd etilishicha, Peskovning hisobida 3ta kvartira, avtomobil to‘xtash joyi hamda Land Cruiser avtomobili bor.
Uning rafiqasi Tatyana Navkaning o‘tgan yildagi daromadi esa 89 mln rublni tashkil qilgan. Deklaratsiyada keltirilishicha, unda 4ta shaxsiy kvartira, 2ta yer uchastkasi, hovli-joy hamda mashina turargohi mavjud. U 3ta avtomobilga egalik qiladi: Mercedes CL63 AMG, Mercedes ML63 AMG, Lexus RX350.
Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2015 yilda 8,891 mln rubl, Rossiya bosh vaziri Dmitriya Medvedev esa 8,8 mln rubl daromad qilgani ma'lum qilingandi.