O‘zbekiston U16 terma jamoasi Polshaga qarshi ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi

Sport 19:59 / 15.04.2016 1764

Bir hafta davomida Toshkentda yig‘in olib borgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun, 15 aprel sanasida Polsha U16 terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U16 terma jamoasi ushbu o‘yinda kichik 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindagi yagona gol uchrashuvning 75-daqiqasida kiritildi. Bu vaziyatda himoyachilardan biri to‘pni darvozabon Jasurbek Umrzoqovga uzatdi. To‘p uchun kurashga kirgan Polsha o‘smirlari hujumchisi Kasper Velniakni aldab o‘tmoqchi bo‘lgan darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi va raqib futbolchisi qiyinchiliksiz O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.

Eslatib o‘tamiz, 8 aprel kuni yig‘inga kirgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 13 aprel kuni Polsha U16 terma jamoasiga qarshi Toshkentdagi birinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazgandi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2016 yilning sentabr oyida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

15.04. 2016, “Jar” stadioni, Toshkent.

O‘zbekiston U-16 Polsha U-16 0:1

Gol: Kasper Velniak (75)

O‘zbekiston U16: Jasurbek Umrzoqov, Ixtiyor Xoldorov, Abubakir Mo‘ydinov, Oston O‘runov, Rasul Yo‘ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Shuhrat Ne'matov, Ibrohim G‘anixonov, Islom Karimov, Abdug‘ani Kamolov.

Zaxira: Abduvohid Ne'matov, Muhammadali Nomozov, Shohzamon Xayrullayev, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Abdunozir Abdurahmonov, Doniyor Abdumannonov, Ohun Sayfuddinov, Abduqodir Parpiyev, Humoyun Abdusattorov, Bahrom Soatov.

Polsha U16: Pavel Sokol, Kasper Tabis, Simon Zalevski, Kasper Laskosh, Mateush Skrzipchak, Marsel Stefanek, Przemishlav Bargiyel, Kasper Velniak, Xubert Sobol, Mixal Skorash, Sebastyan Valukiyevich.

Zaxira: Bartosh Mrozek, Martsin Grabovski, Matuyesh Praszenik, Javib Kivor, Blazey Starziski, Timoteush Klyupsh, Bartlomey Kukulovich.

Ko‘proq yangiliklar: