Xillari Klinton muhojirlar ishlari bo‘yicha vazirlik yaratmoqchi

Jahon 01:04 / 14.04.2016 1605

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton muhojirlar ishlari bo‘yicha vazirlik yaratishni taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Klinton Nyu-Yorkda muhojirlarning huquqini himoya qilish bo‘yicha faollar bilan uchrashuvda yangi vazirlik vujudga kelsa muhojirlar masalalari bo‘yicha federal boshqarmalar va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishini ma'lum qildi.

Klinton, shuningdek, bu loyiha AQSh prezidenti Barak Obamaning AQShdagi muhojir va qochqinlar masalalari bo‘yicha sa'y-harakatlarining davomi bo‘lishiga ishora qildi.

Ko‘proq yangiliklar: