Papua-Yangi Gvineya orol davlati g‘arbida kichik o‘lchamdagi yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi. Oqibatida samolyot uchuvchisi va barcha 11 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.
Sunbird Aviation mahalliy aviakompaniyasi samolyoti Kiunga shahri aeroportiga qo‘nishiga biroz qolganda botqoqlikqa qulagan. Shifoxonaga yetkazilgan 3 kishi o‘lik deb topilgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, falokatga samolyot dvigateli ishlamay qolgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, samolyot uchuvchisi Avstraliya fuqarosi bo‘lgan.
Yozuvchi va faol Martin Namorong feysbukda samolyot havoga ko‘tarilgan Oksampin aholi punkti Star tog‘larida joylashgani va u yerga faqatgina havo orqali borish mumkinligini yozgan. Shuning tufayli u yerga Kuinga orqali boriladi.