Moskva politsiyasi granatomyotga o‘xshash buyumlar bo‘lgan Volkswagen mashinasini ushladi

Jahon 07:31 / 14.04.2016 1006

Moskva politsiyasi Moskvaning Tverskoy ko‘chasida Volkswagen mashinasida topilgan shubhali buyumlarning kelib chiqishini aniqlashtirmoqda.

Moskva shahri IIB matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, 13 aprelda kunduzi tekshiruv uchun Volkswagen Touran mashinasi to‘xtatilgan, politsiyachilar uning yukxonasida granatomyotga o‘xshash bo‘lgan 4 ta ichi bo‘sh silindrik buyum aniqlashgan. Haydovchi bu buyumlar nima ekanligi, qayerga va nima uchun olib ketayotganini tushuntirib bera olmagan. 

Shubhali buyumlar musodara qilinib, ekspertizaga yuborilgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu orada shaharning tezkor xizmatlarida TASS axborot agentligiga shubhali buyumlar granatomyotlarning o‘q otuvchi tubuslari bo‘lishi mumkinligi va ular hech qanday xavf solmasligi aytilgan. Ta'kidlanishicha, bu buyuumlar metallolom bo‘lib, haydovchiga qandaydir javobgarlik xavf solishi dargumon.  

Ko‘proq yangiliklar: