FESCO transport guruhi Vladivostokdan O‘zbekistonga yangi konteyner poyezdini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston 00:57 / 14.04.2016 1673

FESCO transport guruhi Vladivostok (Rossiya)-Qorako‘l (O‘zbekiston) yo‘nalishi bo‘yicha FESCO Bukhara Shuttle konteyner poyezdini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda uzdaily.uz nashri xabar bermoqda.

Poyezd O‘zbekistonni Vladivostok orqali Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan bog‘lovchi intermodal xizmatlar temir yo‘l vositasi bo‘ladi.

Konteyner poyezdlari jo‘natilishi bir oyda ikki marta amalga oshiriladi. Xizmat doirasida "oxirgi milya", ya'ni oxirgi belgilangan punktgacha yetkazib berish texnologiyasi imkoniyati ko‘zda tutilgan. Yuk jo‘natish uchun turli jo‘natuvchilarning yuki qabul qilinadi, bunda asosiy yuklanishni Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi loyihasini amalga oshirish doirasida tashiluvchi mahsulotlar ta'minlaydi. O‘zbekistonda mahalliy xizmatni FESCO agenti – Ardena Transport ta'minlaydi.

Birinchi FEBS poyezdi Qorako‘lga 10 aprelda yetib keldi. Poyezdga 9230 km lik yo‘lni bosib o‘tish uchun 11 sutka talab etildi.

FEBS konteyner poyezdi FESCO’ning O‘zbekistondagi mavjud xizmatlari: FESCO Tashkent Shuttle (Vladivostokdan Toshkentdagi Chuqursoy stansiyasigacha muntazam poyezd), "Baltika-Tranzit" (Boltiq portlaridan Toshkentgacha hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Qozog‘istondagi boshqa stansiyalargacha muntazam poyezdlar)ni to‘ldiradi.

FEBS poyezdining yo‘lga qo‘yilishi kompaniyaning Markaziy Osiyodagi mavjudligini kengaytirish va Rossiyaning Uzoq Sharqi orqali Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa davlatlardan tranzit tashishlar hajmini oshirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: