Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni qirolini rus marshi sadolari ostida kutib oldi

Jahon 06:56 / 14.04.2016 1619

13 aprelda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulga Islom hamkorligi tashkiloti sammitiga kelgan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saudni shaxsan o‘zi kutib oldi. E'tiborli jihati, Turkiya yetakchisi qirolni "Toska po rodine" (Vatan sog‘inchi) deb nomlangan rus marshi sadolari ostida kutib oldi: harbiy orkestr noma'lum sabablarga ko‘ra yuqori martabali mehmonning sharafiga aynan shu musiqani ijro etgan.

Ushbu holat tasvirlangan videoda marsh Erdo‘g‘anning o‘z qarorgohidan qirol kortejigacha butun yo‘li davomida yangraganining guvohi bo‘lish mumkin.

Yetakchilarning uchrashuvi barcha markaziy turk telekanallari orqali namoyish qilingan.

Bu musiqiy kompozitsiya 1906 yilda yozilgan bo‘lib, odatda Birinchi jahon urushi qahramonlari sharafiga ijro etiladi: bu urush vaqtida Rossiya va Usmon imperiyasi frontning turli tomonlarida turib kurashgan.

Ko‘proq yangiliklar: