«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z jamoasining YeChL chorak finali javob uchrashuvida «Volfsburg» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonish orqali turnir yarimfinaliga chiqishiga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Futbolda o‘zingni ayamasliging kerak, ammo bundan g‘alaba qozongan yaxshiroq. Hozir g‘alabadan zavq olish va futbolchilarning o‘yinidan qoniqish hosil qiladigan vaqt. Oson bo‘lmadi, ayniqsa birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, ammo biz g‘alaba qozona oldik. Barcha o‘yinchilarim , hatto bugun maydonga tushmaganlar bilan ham faxrlanaman.
Kechikkan almashtirishlar deysizmi? Bunday o‘yinda almashtirishlarni amalga oshirish murakkablashadi. Men Benzemani Xesega almashtirdim, Karim charchab qolgan, Xese esa himoyamizga yordam berishi kerak edi. Keyin Varanni tushirdim, u Kasemiroga markazni ushlashda yordam berishi rejalashtirildi.
Krishtianu - o‘zgacha futbolchi. U zo‘r, bu yangilik emas. Jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, Ronaldu esa hal qiluvchi o‘yinchi bo‘ldi. U 3ta gol urdi va bu gollar jamoa uchun juda zarur edi», - deya Zidanning so‘zlarini keltiradi AS.