«Volfsburg» jamoasi bosh murabbiyi Diter Xekking YeChL chorak finalining javob uchrashuvida «Real»dan qabul qilingan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bo‘rilar» jamoasi birinchi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, ammo javob uchrashuvida Krishtianu Ronaldu 17 daqiqadayoq 2ta gol urdi.
«Biz o‘yinning dastlabki 20 daqiqasida ro‘y bergan voqealarga tayyormas edik. Ronaldu uchinchi golini "jonli devor"dagi tirqishdan urdi, jarima zarbalarida bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ikkinchi bo‘limda birinchi uchrashuvdagi g‘alabamizga sabab bo‘lgan o‘ynimizni ko‘rsata oldik», — deya Xekkingning so‘zlarini keltiradi DW.