Texasning Odessa shahrida tobut ichidagi jasad qo‘lidan uzuk o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Jamiyat 08:34 / 13.04.2016 1492

Texas shtatining Odessa shahri politsiyasi 41 yoshli Keylin Homfeldni tobut ichidagi jasad qo‘lidan uzuk olganlikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda KCBD telekanalida xabar qilingan.

Mahalliy politsiya departamentining feysbukdagi sahifasiga ushbu holat videotasviri joylashtirilgan.

Jurnalistlarning aniqlashicha, o‘g‘irlangan uzuk bahosi 10 ming dollarga teng bo‘lgan. Shuningdek, dafnlar uyida ba'zida shunday holatlardan qochish maqsadida soxta taqinchoqlardan foydalanilishi qayd etib o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: