«Benfika» jamoasi futbolchisi Taliska YeChLning chorak finalida «Bavariya»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
– Yevropa maydonlarida yutuqlarga erishayotgan jamoaning a'zosi bo‘lish sizda qanday tuyg‘ular uyg‘otgan?
– Avval men bunday darajadagi o‘yinlarni faqat televizor orqali ko‘rardim. Endi men shunday o‘yinlarda maydonga tushmoqdaman. Bu ajoyib hissiyot.
– Vitoriya murabbiy sifatida «Benfika»ni qanday qilib olg‘a boshlaydi?
– U bizga nima to‘g‘riligiyu nima xatoligini ko‘rsatib turadi. Uning tushuntirishlaridan keyin biz ishni u aytganidek bajaramiz. Vitoriya futbolchilarga to‘g‘ri talablar qo‘yadi va biz uning talablari jamoa rivoji uchun ekanini to‘g‘ri tushunamiz.
– «Benfika» 1990 yildan buyon turnir yarimfinaliga chiqmagandi. Bu safar imkoniyatlar qay darajada?
– Jamoamizda katta potensial bor. Biz har kuni chin dildan mehnat qilamiz. Maqsadimiz ichki chempionatda ham, xalqaro maydonlarda ham munosib ishtirok etish. Jamoa yaxshi tashkil etilgan. Biz «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvi o‘ta og‘ir kechishini bilamiz. Ammo «Benfika» turnirdagi ishtirokni davom ettirish uchun harakat qiladi», – deydi braziliyalik futbolchi.