Saudiya Arabistoni va Rossiya vakillari neft qazib olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bu haqda diplomatik manbaga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bugun Saudiya Arabistoni va Rossiya vakillarining aloqasi bo‘lib o‘tdi, uning davomida neftni qazib olishni muzlatish bo‘yicha kelishuvga kelindi", deb aytdi manba.
Saudiya Arabistoni birinchi marta Eron ishtirokisiz qazib olish darajasini muzlatishga rozi bo‘ldi. Bungacha qirollik hukumati kelishuvga qo‘shilish haqidagi qarorini Eronning qazib olishni muzlatish bo‘yicha munosabatiga bog‘layotgan edi. Eron esa mamlakatda neft qazib olish darajasi sanksiyalargacha bo‘lgan darajaga yetmaguncha qazib olishni muzlatishga borishga tayyormasligini aytgan.